En
Rus
Uzb

Biz bilan tanishing

MCHJ “Kongress Servis” - bu sektorlar, hududlar va shaxsiy kesimlarda mulkchilikning turli shakllaridagi tashkilot va korxonalar, firma va kompaniyalarning noyob, ko‘pmingli aniq, to‘g‘ri ma’lumotlar bazasiga ega bo‘lgan respublikadagi yagona kompaniyadir

Bizning afzalliklarimiz

MCHJ “Kongress Servis” - bu o‘zbek, rus, ingliz, nemis, xitoy, ispan, arab va boshqa tillarni mukammal biladigan 25 nafar tajribali va yosh, kreativ va serg‘ayrat mutaxassislar.

Imkoniyatlarimiz

Bir uyg‘unlashgan jamoa ishining to‘liq jarayoniga pochta, SMS va e-mail jo‘natmalar, telefon orqali qo‘ng‘iroqlar, reklama, auditoriyani shakllantirish, muayyan ishtirokchilar bilan shaxsan ishlash, joylardagi faoliyat, zalni texnik jihozlash, qahva-breyklar va amaliy tushliklarni tashkil etish, dizayn, video va foto suratga olish, biznes tasnifdagi mashinalarda hamrohlik qilish, sinxron tarjima, madaniy dasturlarni tashkil etish va ko‘plab boshqalarni o‘ziga qamrab oladi.

Sizning muvaffaqiyatingiz

Amaliy tadbirlarni tashkil etishni bizga ishonch bilan topshirar ekansiz, Siz kongress, konferensiya, seminar yoki boshqa istalgan voqeaga oid bo‘lgan tadbirni tashkil etilishi yuksak tashkiliy darajada amalga oshirilishiga qat’iy inonishingiz mumkin. Bu esa Sizga tashkiliy jarayonga chalg‘imasdan o‘z diqqat- e’tiboringizni faqat ishga qaratish imkonini beradi.

Biz doimo Siz bilan muloqotga tayyormiz!

Ishtirok etish statistikasi

Doimiy ishtirokchilar
87%
Amaliy aloqalarni o‘rnatdilar
96%
Ko‘rgazmadagi ishtirokning ijobiy samarasi
74%
Ko‘rgazmada ishtirok etishni tavsiya qiladi
73%